Istalgan oynadan suhbat
Brauzerda, Word'da, kod muharririda — notch'ni oching va so'rang. Fayl tashlasangiz, uni ham o'qib chiqadi.
Momiq — Mac notch'ida yashaydigan jonli yordamchi. Musiqa, namoz vaqtlari, fokus, AI suhbat va kompyuterni boshqarish — hammasi ekraningizning tepasida. O'zbekcha tushunadi va o'zbekcha gapiradi.
macOS 13 va yangiroq · Apple Silicon va Intel · o'zbek, rus, ingliz tillarida

Ekranning tepasidagi notch — ilovaning o'zi, rasm emas. Quyidagi tugmalarni bosing yoki notch ichidagi bo'limlarni o'zingiz ochib ko'ring.
Hech narsa bo'lmaganda Momiq kamera yonida kichkina bo'lib turadi va sizni kuzatib turadi.
Endi ularni ochib o'tirmaysiz. Qaysi ilovada ishlayotgan bo'lsangiz ham, Momiq'ga yozasiz yoki gapirasiz — javob shu yerning o'zida, notch'da chiqadi. Momiq qaysi ilovada turganingizni ham biladi.
Brauzerda, Word'da, kod muharririda — notch'ni oching va so'rang. Fayl tashlasangiz, uni ham o'qib chiqadi.
Butun ekran, bitta oyna, to'rtburchak joy yoki erkin aylana chizasiz — Momiq o'sha joyni ko'rib, javob beradi.
O'ng Option'ni bosib gapiring — matn istalgan joyga yoziladi. O'zbek tilini internet'siz, shu Mac'ning o'zida taniydi.
Momiq kompyuteringizni xuddi odam kabi boshqaradi: ilovalarni ochadi, bosadi, yozadi, brauzerda vazifani oxirigacha yetkazadi.
Sichqonchani olib boring — ochiladi. Olib keting — yopiladi. Hech narsani joylashtirish shart emas.

Spotify, Apple Music, brauzerdagi YouTube. So'zlar qatorma-qator yonadi, qo'shiqni nomi bilan topib qo'yadi.
Ko'rish ↗
Quyosh yoyida keyingi namoz, oldindan ohista eslatma, musiqa o'zi to'xtaydi. Internet'siz hisoblanadi.
Ko'rish ↗
Pomodoro, 52/17, 90/20 va Flowtime. Taymer va budilnik ham bor — tugaganda notch qizarib eslatadi.
Ko'rish ↗
So'nggi bildirishnomalar va to-do kalendar: hafta yoki oy, vaqtli eslatma, qo'lda tartiblash.
Ko'rish ↗
Faylni notch'ga tashlang, keyin istalgan joyga sudrab oling. Oxirgi 30 ta nusxa ham shu yerda.
Ko'rish ↗
Telegram, Pochta va boshqa ilovalar xabari notch'da qisqa pill bo'lib chiqadi — haqiqiy ilova ikoni bilan.
Ko'rish ↗
Butun ekran yoki hudud, doirada old kamera, kursor bo'yicha avto-zoom va mikrofon. Natija — tayyor MP4.
Ko'rish ↗
Skrinshot ustiga qalam, marker, strelka va shakllar bilan chizib, darhol suhbatga yuboring.
Ko'rish ↗
Ob-havo, valyuta kursi, quloqchin zaryadi, suv, dunyo soati, oy, sanoq — chap va o'ngda o'zingiz tanlaysiz.
Ko'rish ↗Momiq notch'da yashaydi, xohlasangiz ish stolingizga tushib, ekran bo'ylab sayr qiladi. Istalgan kompanyonni Momiq orqali kompyuteringizda jonlantirishingiz mumkin.






Asosiy kompanyon. Savollarga javob beradi, agentlar nima qilayotganini kuzatadi, kayfiyati sizning holatingizga qarab o'zgaradi.



Qizlar va yigitlar uchun turli qahramonlar ustida ishlayapmiz.
Sovuq kun, siz sharf o'rab oldingiz — sizning momiqchangiz ham shamollab qolmaslik uchun sharf o'rab oladi. Kiyinish stilingizga qarab u ham sizga moslashadi.
Momiq sizni bir lahza ko'radi, ustingizdagi narsani o'zi ham kiyib oladi va bitta yoqimli gap aytadi. Kamera faqat siz yoqsangiz ishlaydi: bitta kadr olinadi va darhol o'chiriladi.
Yomg'ir yog'sa — soyabon bilan chiqadi. Ertalab salom berib, shahringizdagi ob-havoni aytadi.



Ishlayotganingizda naushnik taqib jim turadi, uzoq qolib ketsangiz charchaydi, kompyuterdan ketsangiz mudrab qoladi.
Momiq'ni yuklab oling va notch'ingizni bugunoq jonlantiring. Hech qanday akkaunt kerak emas.
macOS 13 Ventura va yangiroq · versiya 0.9.1
Ha, hozir Momiq butunlay bepul.
macOS 13 Ventura va undan yangi tizimlarda — Apple Silicon (M1, M2, M3, M4) va Intel protsessorli Mac'larda.
Muammo emas: notch'siz Mac va tashqi monitorlarda Momiq ekranning tepasida suzuvchi orol bo'lib turadi.
Claude obunangiz bo'lsa, Momiq u bilan ishlaydi. Bo'lmasa, OpenAI, Gemini yoki boshqa provayderning API kalitini qo'yasiz — bepul variantlari ham bor.
Vazifalar, clipboard, sozlamalar va namoz vaqtlari faqat shu Mac'da. Kamera kadri faqat siz yoqsangiz olinadi va ko'rilgach o'chiriladi. Clipboard'ga rasm va parol menejeri nusxalari saqlanmaydi.
Ustida ishlayapmiz. Chiqishi bilan Instagram'da (@momiq.ai) e'lon qilamiz.
O'zbek, rus va ingliz tillarida. Diktovka o'zbek tilini internet'siz taniydi.